
"Real" darvozaboni klubdan ketmoqchi
"Real" golkiperi Andrey Lunin yozgi transfer oynasi vaqtida klubdan ketishga qaror qildi, deya xabar bermoqda ispan nashrlari.
22 yoshli futbolchi "qaymoqranglilar" tarkibidagi o‘rnidan norozi bo‘lmoqda va o‘ziga yangi klub izlash ishlarini boshlab yubordi.
Joriy mavsumda futbolchi faqatgina "Alyakano" klubiga qarshi o‘yinda maydonga tushdi. Luninning "Real" bilan shartnomasi 2024 yil yozigacha amal qiladi.
Fikrlar