
"Real" darvozabonining jamoada qolishi ma’lum bo‘ldi
"Real Madrid" darvozaboni Andrey Lunin o‘z kelajagi bo‘yicha qaror qabul qildi.
So‘nggi haftalarda 26 yoshli ukrainalik futbolchini jamoaning ikkinchi darvozaboni ekanligi sababli klubni tark etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqatgandi. Biroq, AS nashrining ma’lum qilishicha, Lunin hech qaerga ketmaydi. Darvozabon "Real"da qolishga qaror qildi, garchi yangi mavsumda o‘yin vaqti cheklangan bo‘lishini tushunsa-da.
Andrey Lunin "Real" safida jami 62 ta o‘yin o‘tkazib, 70 ta gol o‘tkazib yuborgan. Darvozabonning amaldagi shartnomasi 2030 yilning yarmigacha mo‘ljallangan. Avvalroq xabar qilinganidek, "Real" asosiy darvozaboni Tibo Kurtua bilan shartnomani uzaytirgan edi.
Fikrlar