"Real" Eriksen uchun 70 mln evrodan ko‘p to‘lamoqchi emas

  • 3 iyun, 2019, 10:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning “Real” klubi hamon “Tottenxem” yarim himoyachisi Kristian Eriksenni sotib olish fikridan qaytmayapti.

Tecno

AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “qirollik klubi” yana bir yildan so‘ng shartnomasi yakunlanadigan 27 yoshli daniyalik futbolchi uchun “shporlar”ga ko‘pi bilan 70 mln evro bermoqchi. Ular Eriksenni Luka Modrichga munosib o‘rinbosar sifatida qarashmoqda.

“Real” prezidenti Florentino Peres o‘tgan juma kuni Madridda Chempionlar ligasi finali oldidan tashkil etilgan bayramona kechki ovqat paytida “Tottenxem” prezidenti Deniel Levi bilan uchrashgan. Biroq, ular suhbat davomida Eriksenning transferi haqida gaplashishganmi yoki yo‘qligi ma’lum emas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!