
"Real" faqat bir shart bilan Ronalduni ortga qaytarishi mumkin
"Real" rahbariyati "Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronalduni yana jamoaga qaytishi mumkinligini inkor etmayapti.
AS nashri tarqatgan xabarga qaraganda, agar 36 yoshli portugaliyalik futbolchi maoshining kamayishiga rozi bo‘lsa, u holda “Qirollik klubi”ga qaytishi mumkin. Aytish kerakki, Ronaldu ayni damda “Yuventus”dan yiliga soliqlardan tashqari 31 million evro maosh oladi. “Real” esa unga 25 million evrodan ko‘p to‘lamoqchi emas.
Bundan tashqari, Ronaldu "Real" uchun asosiy transfer maqsadi hisoblanmaydi. Madridliklar bu borada hali ham Kilian Mbappe va Erling Xoland nomzodlarini birinchi o‘ringa qo‘ymoqda.
Ronaldu “Real” safida 2009-2018 yillarda to‘p surgan va 438 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 438 ta gol hamda 131 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar