"Real" futbolchilari katta turnirdan qancha ishlab oldi?

  • 26.07.2025 08:45
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real Madrid" o‘yinchilarining klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatidagi ishtiroki uchun mukofotlari 280 ming evroni tashkil etadi.

Madrid klubi turnirning yarim finaliga qadar etib bordi, biroq u bosqichda PSJga 0:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Tecno

Musobaqadan chiqib ketganiga qaramay, klub futbolchilari turnirning har bir bosqichi uchun mukofot olishadi.

Umuman olganda, klub KO‘JChdan 80 million evrodan ortiq daromad qildi. Asosiy tarkibdagi har bir o‘yinchiga guruhdan chiqish uchun 50 ming evro, 1/8 finalga chiqish uchun 80 ming evro va yarim finalga chiqish uchun 150 ming evro to‘lanadi.

Shunday qilib, mukofotlarning umumiy miqdori har bir kishi uchun 280 000 evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!