"Real" futbolchisi "Barsa"ga o‘tmaydi
"Real" yarim himoyachisi Marko Asensio "qaymoqranglilar"ni tark etib, Kataloniyaning "Barselona" jamoasiga o‘tishni rejalashtirmayapti.
Avvalroq, matbuotda 26 yoshli yarim himoyachi "ko‘k-anorranglilar" bilan shartnoma imzolashi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq futbolchining yaqinlari bu mish-mishlarga raddiya berib, Marko "Real"ning asosiy tarkibidan joy olish uchun kurashni davom ettirish niyatida ekanini aytishdi.
Asensio 2015 yilning yozidan buyon madridliklar safida o‘ynab kelmoqda. Yarim himoyachining "Real" bilan shartnomasi joriy mavsum oxirigacha amal qiladi. Uning narxi 35 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar