“Real” futbolchisi PSJni kuchaytiradi
“Real”dan ketishga tayyorgarlik ko‘rayotgan tajribali himoyachi Rafael Varan o‘z yurtiga qaytib ketishi mumkin.
Moliyaviy tomondan ancha baquvvat hisoblangan PSJ 27 yoshli markaziy himoyachi uchun “Qirollik klubi”ga 65 million to‘lashga tayyorligini bildirgan.
Iqtisodiy tomondan qiyin ahvolda qolgan madridliklar esa bu taklifni bajonidil qabul qiladi. Chunki Varanning klub bilan shartnomasi 2022 yilning yozida yakunlanadi va futbolchi yangi shartnoma imzolamasligini bildirgan.

Fikrlar