“Real” futbolchisi shartnomani bekor qilishdan bosh tortmoqda
Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Dani Sebalyos hozircha jamoadan hech qaerga ketishni istamayapti.
«Qirollik klubi» 29 yoshli futbolchiga ishonmayapti va u bilan shartnomani muddatidan oldin bekor qilishni istaydi. Biroq yarim himoyachini bu variant qoniqtirmayapti.
El Chiringuito nashri ma'lumotiga ko‘ra, Sebalyos hamkorlikni to‘xtatishga rozilik bermoqchi emas. Uning shartnomasi kelasi yil o‘rtasigacha amal qiladi.
Dani Sebalyos 2017 yildan buyon «Qirollik klubi» sharafini himoya qilib kelmoqda. O‘tgan mavsumda ispaniyalik futbolchi barcha musobaqalarda atigi 23 marta maydonga tushib, samarali harakatlarni amalga oshira olgani yo‘q. Transfermarkt uning qiymatini 7 million yevro deb baholamoqda.

Fikrlar