“Real” futbolchisi transferini blokladi

  • 28 dekabr, 2024, 08:40
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” klubi 28 yoshli yarim himoyachi Daniel Sebalos asosiy tarkibga kirishga qiynalayotganiga qaramay, uning “Betisga” ko‘chib o‘tishiga yo‘l qo‘ymadi.

Sport.es nashrining yozishicha, “Betis” Sebalosni so‘rab, Madrid klubiga taklif yuborgan, biroq poytaxtliklar unga rad javobini bergan.

Ma’lum bo‘lishicha, da’vogar klub tajribali futbolchini ijaraga olmoqchi bo‘lgan. “Real” esa Sebalosni to‘liq transfer qiladigan klub bilan muzokara o‘tkazishni mo‘ljallayapti. “Betis” to‘liq transfer qilish masalasini yanvarda hal qilishga tayyor emasligini ta’kidlamoqda.

Sebalos barcha turnirlarda 15 marotaba maydonga tushib, hali biror samarali harakatni amalga oshirgani yo‘q.

Transfermarkt portali tomonidan 4 million evroga baholanayotgan futbolchining “Qirollik klubi” bilan bitimi 2027 yilning yarmigacha tuzilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!