"Real" futbolchisiga "Barsa", "Yuventus" va yana 4 top klub qiziqish bildirmoqda

  • 1 oktabr, 2022, 16:00
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning “Real” klubi bilan shartnomasi yakuniga etayotgan ispaniyalik yarim himoyachi Marko Asensioga Evropaning ko‘plab top klublari qiziqish bildirmoqda. Oltita jamoa 26 yoshli futbolchini tekinga qo‘lga kiritishdan manfaatdor.

Tecno

"Goal.com" nashri xabariga ko‘ra, Asensio uchun kurashda "Barselona", "Yuventus", "Arsenal", "Tottenxem", "Liverpul" va "Milan" kabi jamoalar bor.

Marko 2015 yilning yozidan buyon "qirollik klubi" sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning hozirgi transfer narxi 35 million evroni tashkil qiladi.

Ispaniya chempionatining joriy mavsumida yarim himoyachi bor yo‘g‘i ikkita o‘yinda maydonga tushdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!