"Real" futbolchisini muddatidan avval qaytarib olmoqchi

  • 25 dekabr, 2019, 16:17
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning “Real” klubi mavsum yakunigacha “Real Sosedad”ga ijaraga berilgan yarim himoyachisi Martin Edegorni muddatidan avval ortga qaytarmoqchi. Bu haqda AS nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Ta’kidlash kerakki, tomonlar dastlab futbolchini 2 mavsumga ijaraga berish bo‘yicha kelishib olishgan edi. Biroq, “qirollik klubi” norvegiyalik futbolchining o‘yinida ancha o‘sish bo‘lganini sezgach uni “Santyago Bernabeu”ga qaytarishga qaror qilgan.

Ma’lumot uchun, Edegor joriy mavsum La Ligada jami 16 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 4 ta gol hamda 5 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!