
“Real” ham “Chelsi”ni talayapti
“Chelsi” yozda bir necha o‘yinchisini sotib yuboradi. Bu klub keyingi mavsumlarda ko‘p futbolchilarni xarid qildi. Biroq, ulardan kuchli tarkib shakllantiradigan murabbiy topa olmadi.
Endi Maurisio Pochettinoga ana shu vazifa yuklatildi. Evropaning grand klublari “Chelsi”dagi vaziyatdan foydalanib, mahoratli o‘yinchilarni o‘z safiga olib o‘tmoqchi.
Anchadan beri hujumchi qidirayotgan “Real” mutasaddilari ham Kay Xavertsni Madridga olib kelmoqchi. Bundesliga porlagan 23 yoshli futbolchi Angliyaga ko‘chib o‘tganidan keyin yuqori darajaga ko‘tarila olmadi.
“Real” vakillari nemis futbolchisining Ispaniya chempionatiga moslasha olishiga ishonmoqda. Xaverts “Chelsi” uchun muvaffaqiyatsiz yakunlangan mavsumda 47 marta maydonga tushib, to‘qqisho‘ta gol va bitta assist qayd etdi.
Fikrlar