
"Real" hamshaharini Evropa ligasi g‘olibligi bilan tabrikladi (foto)
Madridning “Atletiko” klubi Evropa ligasini qo‘lga kiritgach, hamshahari “Real”dan tabrik qabul qilib oldi.
“Atletiko”ni bugun Lionda qo‘lga kiritilgan Evropa ligasidagi g‘alaba bilan tabriklaymiz”, - deb yozadi “qirollik klubi” o‘zining tvitterdagi rasmiy sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, Zinedin Zidan boshqaruvidagi jamoa ham yana sanoqli kunlardan so‘ng “Liverpul”ga qarshi Chempionlar ligasi finalida ishtirok etadi. Agar ushbu o‘yinda g‘alaba qozonsa, UEFA superkubogi uchun bahsda muxlislar Madrid derbisiga guvoh bo‘lishlari mumkin.
Fikrlar