
"Real" himoyachisi Manchesterga ko‘chib o‘tishi mumkin
"Real" himoyachisi Rafael Varan faoliyatini Manchester shahrida davom ettirishi mumkin.
"Manchester Evening News"ning xabar berishicha, MYu 27 yoshli futbolchi xizmati qiziqish bildirgan. Mankuniyaliklar uni 2021 yilning yozida xarid qilmoqchi. Frantsiyalik fulbekning madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar mo‘ljallangan. "Qizil iblislar" Varanni 2011 yildan buyon sotib olishga harakat qilib keladi.
O‘shanda Rafael "Manchester Yunayted" o‘rniga "Real"ni tanlagan edi. Joriy mavsum frantsiyalik futbolchi jamoasida 10 o‘yinda ishtirok etishga ulgurdi.
Fikrlar