
"Real" himoyachisi yangi mavsumni APLda o‘tkazadi
Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Xesus Valexo yangi mavsumni Angliya premer-ligasida o‘tkazishga yaqin turibdi.
Marca nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 22 yoshli ispaniyalik fubolchisni "Vulverxempton" ijaraga olmoqchi. Klublar bu borada deyarli kelishuvga erishishgani aytilmoqda.
Ma’lumot uchun, Valexo “Real” safida 2017 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jami 19ta o‘yinda ishtirok etdi xolos. Uning “qirollik klubi” bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar