"Real" himoyachisi yangi mavsumni PSJda boshlashi mumkin
Madridning "Real" klubi himoyachisi Serxio Regilon faoliyatini Frantsiya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda RMC Sport nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 23 yoshli ispaniyalik futbolchining xizmatlariga PSJ jiddiy qiziqib qolgan. Frantsiya chempioni Regilonni yozda jamoadan ketadigan Leven Kurzava o‘rniga munosib ko‘rmoqda.
Aytish kerakki, Regilon joriy mavsumni “Sevilya” safida ijarada o‘tkazmoqda. U La Ligada 22 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol hamda 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar