“Real” hujumchisi ketishga tayyorgarlik ko‘ryapti

  • 17 avgust, 2021, 15:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Real” asosiy tarkibiga kira olmayotgan Luka Yovich yana ijarada to‘p tepadigan bo‘lyapti. O‘tgan mavsumni “Ayntraxt” tarkibida Bundesligada o‘tkazgan serbiyalik futbolchiga bu gal ancha kuchli jamoa – “Inter” og‘iz solmoqda.

Milanliklar ayni paytda klubni tark etgan Romelu Lukaku o‘rnini bosa oladigan hujumchi qidiryapti va ular Luka Yovichga imkon bermoqchi.

“Qirollik klubi” ham ikki yil muqaddam 63 million evroga olingan futbolchini “Inter”ga qo‘yib yuborishga. Chunki, madridliklar uchun 2025 yilning yarmigacha davom etadigan shartnomaga ega hujumchini zaxirada o‘yin amaliyotisiz ushlab o‘tirish hech qanday foyda keltirmaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!