“Real” hujumchisi taklif kutyapti

  • 19 sentabr, 2020, 14:04
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridliklarning asosiy tarkibiga kira olmagan yosh hujumchi Luka Yovich “Real”dan ketishga qaror qildi. U joriy transfer bozori yopilguncha o‘ziga yangi jamoa topmoqchi.

Tecno

22 yoshli serbiyalik hujumchi har qanday taklifni ko‘rib chiqishga, hatto ijara asosida to‘p surishga tayyorligini bildirgan. Avvalroq, unga “Milan” jiddiy qiziqqan edi. Biroq, transfer amalga oshmay qoldi.

“Real” rahbariyati ham bir yil muqaddam 60 million evroga sotib olingan Luka Yovichdan tezroq qutilmoqchi. Shuning uchun, madridliklar futbolchini ijaraga berishga ham rozi. Hujumchiga “Nyukasl”, “Arsenal”, “Roma”, “Milan”, “Manchester Yunayted” va “Bayer” kabi klublardan hamon qiziqish bo‘lmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!