
“Real” hujumi dahshatli ko‘rinish oladi
“Real” rahbariyati yana Kilian Mbappe nomzodiga qaytdi. Madridliklar imkon bo‘lishi bilan 24 yoshli forvardni o‘z safiga qo‘shib oladi.
Relevo nashrining ma’lum qilishicha, Mbappe o‘tgan yili yozda Madridga ko‘chib o‘tmagani uchun “Qirollik klubi” rahbari Florentino Peresdan uzr so‘ragan. Ispaniyalik amalda futbolchining uzrini qabul qilib, unga klub eshiklarini ochib beradigan bo‘ldi.
Manbaning ta’kidlashicha, Florentino Peres “Real” hujum chizig‘ini sezilarli darajada kuchaytirmoqchi. Karim Benzema ketganidan keyin madridliklar oldingi chizig‘ida Rodrigo, Vinisius Junior va Kilian Mbappedan tarkib topgan hujum uchligi tashkil etiladi.
Shu tariqa, Kilian Mbappe “Real”ning asosiy nishonlari qatoriga kiritildi. Mbappening o‘zi ham “Qirollik klubi”da o‘ynash orzusi ekanini bir necha bor ta’kidlagan.
Fikrlar