“Real” ikki superfutbolchi uchun 852 million evro to‘lashi kerak
Mutaxassislar “Real” orzu qilayotgan ikki futbolchi – Kilian Mbappe va Erling Xolandni olib kelish madridliklarga qanchaga tushishini hisoblab chiqdi.
Ma’lumotlarga qaraganda, “Qirollik klubi” har ikki futbolchini olib kelib, o‘zlari rejalashtirgandek, olti yillik shartnoma tuzishi uchun 852 million evro miqdorida xarajat qilishi kerak bo‘ladi.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, ikkala transfer uchun “Real” 300 million evro tikishi kerak. 22 yoshli Kilian Mbappening yillik maoshiga 72 million, 20 yoshli Xolandga esa 20 million evro to‘lanishi kerak.
Madrid klubining ayni paytdagi yillik daromadi 617 million evroni tashkil qilmoqda. Shu bois, ko‘pchilik Florentino Peres ikki yulduzni bir paytning o‘zida klubga taklif qila olmasligini ta’kidlamoqda. Katta ehtimol bilan “Qirollik klubi” faqat bir hujumchini transfer qiladi.

Fikrlar