“Real” ikkinchi supertransferga tayyor!

  • 15 iyun, 2022, 10:36
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kuni kecha “Monako” yarim himoyachisi Orelen Chuameni transferini e’lon qilgan “Real” tez orada yana bir yosh yulduzni o‘z safiga qo‘shib olishga yaqin turibdi.

Tecno

“Qirollik klubi” mutasaddilari “Borussiya”da porlayotgan Jud Bellingemni Madridga olib kelishga qaror qilgan. Buning uchun ispan klubi 90 million evro sarflashga tayyor, deb xabar bermoqda Cadena Ser nashri.

Ma’lumotlarga qaraganda, “Real”da ayni paytda Evropa Ittifoqiga kirmaydigan davlatlardan futbolchi olish bo‘yicha bo‘sh kvota yo‘q. Shu bois, madridliklar Jud Bellingem bilan shu yoz ichi kelishib olib, uni kelasi mavsum yakunlanganda Madridga olib kelmoqchi.

Agar angliyalik futbolchi ko‘nsa, “Real” unga besh yoki olti yillik shartnoma beradi.

Dortmundliklar bilan shartnomasi 2025 yilning yarmigacha davom etadigan Bellingemga Manchesterning ikki jamoasiam jiddiy qiziqish bildiryapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!