“Real” ikkita katta transferga qo‘l uradi

  • 21 yanvar, 2023, 20:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” sport direktori Predrag Miyatovich klubning transfer siyosati haqida ma’lumot berib, yaqin kelajakda amalga oshiriladigan ishlarni aytib o‘tdi.

Tecno

- “Real” ayni paytda katta transferlarga muhtoj emas. Barcha o‘zgarishlar mavsum yakunlanganidan keyin yozda amalga oshiriladi.

Bizga asosan hujum chizig‘ida va boshqa bir necha pozitsiyalarda yuqori saviyali o‘yinchilar etishmayotganini yaxshi bilaman.

Ayni paytda klub Jud Bellingem transferi ustida ish olib bormoqda. Shuningdek, yaqin kelajakda Kilian Mbappeni ham safimizga qo‘shib olishni mo‘ljallaganmiz, - dedi Predrag Miyatovich.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!