
“Real” iqtidori A seriya klubiga o‘tishi mumkin
"Real" Madridning 20 yoshli braziliyalik yarim himoyachisi Reyner Italiya A seriyasi klubiga o‘tishi mumkin. Jurnalist Nikolo Skira xabariga ko‘ra, futbolchiga "Torino" qiziqish bildirmoqda.
Insayderning aniqlik kiritishicha, tomonlar braziliyalikning kelasi mavsum oxirigacha amal qiladigan ijarasi borasida muzokara olib bormoqda. Bitim yaqin orada e’lon qilinishi kerak.
Rayner o‘tgan mavsumda Dortmundning "Borussiya" klubida ijara asosida o‘ynadi. Yarim himoyachi Germaniya jamoasi safida 20 ta uchrashuvda qatnashgan.
Futbolchining “qaymoqranglilar” bilan shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar tuzilgan.
Fikrlar