“Real” ishga tushdi. Klub nishonida ikkita hujumchi bor

  • 4 avgust, 2022, 16:00
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning “Real” klubi Karim Benzema o‘rniga ikki nafar hujumchi nomzodini ko‘rib chiqmoqda, deya xabar beradi “Radioestadio Noche” nashri.

“Qirollik klubi”ning “short-listi”dan “RB Zaltsburg”ning avstriyalik hujumchisi Benyamin Sheshko va Frantsiyaning “Nitstsa” klubi hujumchisi Amin Guiri joy olgan. Bu futbolchilardan biri yozgi transfer oynasi oxiriga qadar "Santyago Bernabeu" egalari tarkibiga o‘tishi mumkin.

Benzema madridliklar safida 2009 yilning yozidan beri o‘ynab kelmoqda. 34 yoshli frantsiyalik futbolchining shartnomasi 2022/2023 yilgi mavsum oxiriga qadar tuzilgan.

Karim o‘tgan mavsumda La Ligada 32 o‘yin o‘tkazib, 27 gol va 12 golli uzatma muallifiga aylangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!