“Real” ishsiz yurgan ”qariya”ni tarkibga qo‘shib olmoqchi

  • 29 sentabr, 2023, 15:07
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Bavariya” va Germaniya terma jamoasining sobiq himoyachisi Jerom Boateng faoliyatini “Real”da davom ettirish imkoniga ega bo‘ldi.

Madridliklar jarohat olib, uzoq muddatga safdan chiqqan Eder Militaoning o‘rnini bosa oladigan o‘yinchi qidiryapti. Ayni paytda ishsiz yurgan 35 yoshli Boateng bu pozitsiyasida ishonchli o‘ynay oladi.

Jerom Boateng o‘tgan mavsumni “Lion” safida o‘tkazgan edi. Biroq yozda shartnomasi yakunlanganidan keyin tajribali futbolchi o‘ziga yangi jamoa topa olmadi.

“Qirollik klubi” mutasaddilari Jerom Boateng bilan joriy mavsum oxirigacha davom etadigan  qisqa muddatli shartnoma tuzishi mumkinligi aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!