
"Real" Iskoning narxini e’lon qildi
Madridning "Real" klubi rahbariyati jamoa yarim himoyachisi Iskoni sotib olishni xohlayotgan jamoalarga uning transfer narxini e’lon qildi.
Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “qirollik klubi” 27 yoshli ispaniyalik futbolchisini 120 mln evroga baholamoqda. Unga esa "Manchester Siti", "Manchester Yunayted" va PSJ klublari da’vogarlik qilishmoqda.
Ma’lumot uchun, Isko joriy mavsum La Ligada 27ta o‘yinda maydonga tushdi va 3ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar