"Real" Ispaniya terma jamoasining o‘yinlarini kuzatish uchun o‘z mutaxassislarini yuboradi. Sababi...

  • 13 noyabr, 2024, 09:09
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” rahbariyati vakillari Ispaniya terma jamoasining UEFA Millatlar Ligasi doirasidan o‘rin olgan bahslarida ikki futbolchining o‘yinlarini baholash uchun klub vakillarini yuboradi. Bu haqda Ispaniyaning Relevo nashri xabar bermoqda.

Tecno

Manbaga ko‘ra, "qirollik klubi" vakillari "Tottenxem"ning o‘ng qanot himoyachisi Pedro Porro va "An-Nasr" markaziy himoyachisi Emerik Laportni sotib olish imkoniyatlarini faol o‘rganmoqda. Qayd etilishicha, klub futbolchilarning imkoniyatlarini baholash natijalariga ko‘ra qishki transfer oynasida bu futbolchilarni zudlik bilan transfer qilish mumkin degan xulosaga keladi.

Eslatib o‘tamiz, “Los-Blankos” braziliyalik markaziy himoyachi Eder Militao hamda o‘ng qanot himoyachisi Daniel Karvaxalni jiddiy jarohat tufayli uzoq muddatga yo‘qotdi. Qolaversa, Evropa chempionining o‘rnini egallagan Lukas Vaskes ham uch haftaga safdan chiqdi.

 Luis de la Fuente shogirdlari UEFA Millatlar ligasida Daniya va Shveytsariya terma jamoalari bilan to‘qnash keladi. O‘yinlar 15 va 18 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!