"Real" Janubiy Amerikadan o‘ziga murabbiy qidirishga kirishdi

  • 9 iyun, 2018, 15:05
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bosh murabbiysiz qolgan “Real Madrid” ushbu lavozimga nomzodlarni ko‘rib chiqmoqda.

Tecno

As nashrining xabar berishicha, “qirollik klubi” Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Titega katta qiziqish bildirmoqda.

Ma’lumot uchun, Tite va Braziliya futbol konfederatsiyasi o‘rtasidagi shartnoma JCh-2018dan so‘ng yakunlanadi. Tashkilot prezidenti Rojerio Kaboklo murabbiyga yangi shartnoma imzolashni taklif qilgan, biroq Tite qaror qabul qilishga shoshilayotgani yo‘q.

Aytib o‘tish joizki, agar 57 yoshli mutaxassis “qaymoqranglilar” bilan kelishuvga erishsa, PSJ xujumchisi Neymar katta ehtimol bilan Madridga ko‘chib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!