
"Real" Kamavingannig kelajagi borasida bir qarorga keldi
Madridning “Real” klubi Angliya premer-ligasining top klublari qiziqish bildirayotgan yarim himoyachi Eduardo Kamavingani sotishni rejalashtirmayapti.
"Kamavinga sotilmaydi. Ishonchim komilki, kelajakda u "Real"da qoladi. Ba’zida u o‘yinlarda xato qiladi, lekin xatolaridan ko‘ra foydali harakatlari ko‘proq. Eduardo tezda o‘zining xatosini to‘g‘irlaydi", - deya Anchelottining so‘zlarini keltiradi "Goal" nashri.
20 yoshli yarim himoyachi "qirollik klubi"da 2021 yilning avgust oyidan buyon o‘ynab kelmoqda. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2027 yilning iyun oyida tugaydi.
Eslatib o‘tamiz, nufuzli "Transfermarkt" portali fransiyalik futbolchini 50 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar