“Real” Karvaxal o‘rniga Trentdan boshqa yana uchta zo‘r himoyachi topib qo‘ydi

  • 7 oktabr, 2024, 18:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” qishki transferlar vaqtida tarkibga himoyachi qo‘shib olishga harakat qiladi. Klub mutasaddilari Daniel Karvaxalning o‘rnini bosadigan o‘yinchi kerak.

Tecno

Evropa matbuoti madridliklar “Liverpul” hujumchisi Trent Aleksander-Arnoldni olishni rejalashtirayotganini yozgandi. Avvaliga bu transfer yozga rejalashtirilgan. Biroq qishda angliyalik futbolchini olish ehtimoli juda past. Shu bois, “Real” boshqa nomzodlar topib qo‘ydi.

Marca nashrining ma’lum qilishicha, birinchi nomzod “Leyptsg”da porlay boshlagan 21 yoshli himoyachi Kastello Lyukeba (40 million evro) hisoblanadi.

Shuningdek, “Ayaks”ning 18 yoshli markaziy himoyachisi Yorrel Xato (30 million evro) ham madridlik skautlar ro‘yxatiga kiritildi.

Bundan tashqari, “Real” selektsiya xizmati mutasaddilari Braziliya chempionatida “Palmeyras” sharafini himoya qilayotgan 18 yoshli Vitor Reys (10 million evro)iqtidorini ham yuqori baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!