“Real” katta xato qilgan ekan
“Real” bir necha mavsum davomida asosiy tarkibga kira olmagan norvegiyalik yarim himoyachi Martin Edegorni “Arsenal”ga sotib yuborgan edi.
London klubida 24 yoshli futbolchining ishlari yurishib ketdi. Qisqa muddat davomida etakchilik o‘z qo‘ligi olgan Martin hozirgi paytda “to‘pchilar”ga sardorlik ham qilmoqda.
Edegorning muvaffaqiyatli o‘yinlari ortidan “Real” o‘yinchini qayta sotib olish huquqidan foydalanib, yarim himoyachini ortga qaytarish haqida xabarlar chiqa boshladi.
Biroq, taniqli insayder Fabritsio Romano har ikki klub o‘rtasida tuzilgan shartnomada Edegorni qayta sotib olish huquqini beruvchi band kiritilmaganini ta’kidlamoqda.
Endi “Real” mutasaddilari o‘zlari keraksizga chiqargan futbolchining xizmatlaridan foydalana olmaydi.



Fikrlar