“Real” Kazemiro o‘rniga APL grandidan futbolchi xarid qiladi

  • 19 avgust, 2022, 21:44
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yaqin soatlar ichida Kazemiro "Real"ni tark etib, “Manchester Yunayted” bilan shartnoma imzolashi mumkin. Madridliklar bosh murabbiyi bu harakatni tasdiqlab, braziliyalik o‘zini yangi chempionatda sinab ko‘rishni istayotganini aytib o‘tdi.

Tecno

Ayni paytda "Real" Madrid transfer bozoriga qaytib, Kazemironing o‘rniga o‘rinbosar qidirishga to‘g‘ri keladi.

“The Telegraph” nashri xabariga ko‘ra, "Tottenxem" futbolchisi Per-Emil Xyoyberg Madrid grandining nishoniga tushgan. “Transfermarkt” portali ma’lumotlariga ko‘ra, daniyalikning narxi 40 million evroga baholamoqda.

Per-Emel Xyoyberg "shporlar"ning joriy mavsumdagi har ikki o‘yinida ham 90 daqiqadan o‘ynadi. Hatto daniyalik yarim himoyachi "Chelsi" darvozasini ishg‘ol qilishga ham muvaffaq bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!