
“Real” Kazemiro o‘rniga ideal o‘rinbosar topdi
Madridning "Real" klubini "Borussiya" Dortmund yarim himoyachisi Jud Bellingemga qiziqish bildirmoqda. “Qirollik klubi” futbolchini "Manchester Yunayted"ga transfer qilingan Kazemiroga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda.
“AS” nashri xabariga ko‘ra, "Real" kelasi yozgi transfer mavsumida 19 yoshli Bellingemni sotib olmoqchi. Shuningdek, ingliz futbolchisini “Liverpul” ham o‘z safiga qo‘shib olishni istamoqda.
Bellingemning “Borussiya” bilan shartnomasi 2025 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi. Angliyalik futbolchining transfer narxi 80 million evroni tashkil qiladi.
Bellingem o‘tgan mavsumda dortmundliklarning Bundesliga doirasidagi 32 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 3 ta gol va 8 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan.
Fikrlar