"Real" Kazemiroga o‘rinbosar topdi. Unga APL grandlari da’vogar

  • 16 yanvar, 2022, 15:30
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti tarkibda raqobatni kuchaytirish maqsadida yuqori saviyadagi futbolchilarni harid qilmoqchi. Jumladan, Kazemiroga o‘rinbosar sifatida mutaxassis "Lids" futbolchisi Kalvin Fillipsni ko‘rmoqda.

Tecno

"El Nacional" nashriga ko‘ra, angliyalik yarim himoyachining uslubi "qirollik klubi"ga to‘liq mos keladi, deb hisoblamoqda Anchelotti. "Qirollik klubi" yozda futbolchini xarid qilishga urinib ko‘radi.

26 yoshli Fallipsga "Real"dan tashqari, "Liverpul", MYu, "Arsenal", "Tottenxem" kabi APL grandlari qiziqish bildirmoqda. Kalvin joriy mavsum APLdagi 12 o‘yinda ishtirok etib, bitta assist muallifiga aylangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!