"Real" kechagi "el-klasiko"dagi hakamlik uchun rasmiy bayonot bilan chiqdi (FOTO)

  • 19 dekabr, 2019, 14:07
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” Madrid klubi kecha “Barselona”ga (0:0) qarshi o‘yindagi hakamlik masalasida rasmiy bayonot bilan chiqdi.

Tecno

“Rafael Varan "Kamp Nou"dagi “el-klasiko”da 2 ta bahsli vaziyatda ishtirok etdi. Unga nisbatan ishlatilagn 2 ta qo‘pollik uchun 2 ta penalti belgilanishi kerak edi, ammo, Alexandro Ernandes bitta ham bermadi.

17-daqiqada “Real” futbolchisi burchak to‘pi arafasida “Barsa” jarima maydoniga kirdi, Langle esa uning soniga oyog‘i bilan zarba berdi. Ammo, na hakam va na VAR penaltini ko‘rmadi.

Oradan 2 daqiqa o‘tib keyingi burchak zarbasi paytida Rakitich Varanning futbolkasidan tortib, uni maydonga qulatdi. Biroq, hakam ham, VAR ham penalii belgilamadi”, - deyiladi “qirollik klubi” bayonotida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Mahmudjon Junaydulloyev
19/12/2019 15:27
Malades REAL MADRID
&
Hasan fanat pahtakor
19/12/2019 14:23
Qani kar kar qigan barsachilar