
“Real” kutilmagan transferni amalga oshiradi
“Real” rahbariyati yozda amalga oshiriladigan asosiy transfer nishonini belgilab oldi. Ko‘pchilik kutganidek, bu Kilian Mbappe yoki Jud Bellingem bo‘lmaydi.
Madridliklar mavsum yakunlanishi bilan o‘ng qanot himoyasiga Denzel Dyumfrisni olib kelish eng asosiy maqsad, deb qaramoqda.
“Inter” 26 yoshli niderlandiyalik futbolchini 40 million evroga baholamoqda.
Denzel milanliklar jamoasida 2021 yildan beri to‘p tepib keladi. Shu paytga qadar u jami 68 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z vazifasini bajarishdan tashqari, raqiblar darvozasiga ettita to‘p kiritgan va jamoadoshlariga o‘nta golli pas uzatgan.
Fikrlar