
“Real” kutilmaganda supertransferga kirishdi
“Real” rahbariyati moliyaviy inqiroz tufayli yozda Kilian Mbappeni transfer qila olmasligi haqida xabarlar tarqatilayotgan edi. Biroq, “Qirollik klubi” PSJga ajoyib sxema taklif qilyapti.
Unga ko‘ra, madridliklar parijliklarga Kilian Mbappe uchun Eden Azar va unga qo‘shimcha tarzda 80 million evro taklif qilmoqda. PSJ 22 yoshli hujumchining transferini 150 million evroga baholagan.
Yaqinda Mbappe PSJning yangi shartnomasi bo‘yicha bir qarorga kelish arafasida turganini aytganidan keyin “Real” ham harakatga tushib qoldi. Edenga qo‘shimcha tarzda beriladigan pulni topish uchun madridliklar Vinisius Juniorni sotuvga qo‘ymoqchi.
Narxi 50 million evroga baholanayotgan braziliyalik futbolchiga “Arsenal” va “Liverpul”dan taklif bor.
Fikrlar