
“Real” Levandovski bilan kelishib bo‘ldi, endi navbat “Bavariya”ga
Myunxenning "Bavariya" klubi forvardi Robert Levandovski “Real” bilan shaxsiy kelishuvga erishgan. Bu haqda El Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.
Garchi bundan avvalroq nemis grandi 29 yoshli polshalik futbolchini sotmoqchi emasligi haqida xabarlar tarqalgan bo‘lsada, “qirollik klubi” u bilan kelishib olgan. Biroq, “Real” hozircha bu masalada “Bavariya” bilan muzokaralarni boshlaganicha yo‘q.
Ma’lumot uchun, Levandovski joriy mavsum myunxenliklar safida jami 37ta bahsda ishtirok etgan va o‘z hisobiga 32ta gol hamda 4ta golli uzatma oshirishga muvaffaq bo‘lgan.
Fikrlar