
"Real" Madrid 5 karra UEFA Superkubogi g‘olibiga aylandi!
UEFA Superkubogidan o‘rin olgan "Real" - "Ayntraxt" o‘yini yakuniga etdi. Unda madridliklar ishonchli 2:0 hisobida zafar quchdi.
Dastlab 37-daqiqada Alaba uchrashuvda hisobni ochdi. Keyinchalik ikkinchi bo‘limning 65-daqiqasida Benzema jamoasining ikkinchi golini kiritdi.
Shu tariqa, "qirollik klubi" o‘z tarixida 5-marotaba mazkur turnir g‘olibligini qo‘lga kiritdi va eng ko‘p g‘alaba qozongan jamoalar qatoridan joy oldi. Shuningdek, jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Evropa Superkubogida eng ko‘p zafar quchgan mutaxassisga aylanib oldi.
Fikrlar