Real Madrid Foundation Clinic. Navbat 2004-2005 yilda tug‘ilgan sportchilarga

  • 13 iyun, 2018, 19:10
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real Madrid” klubi murabbiylari Karlos Albert, Manuel Aguado Xil va Ektor Visentelarning Real Madrid Foundation Clinic dasturi bo‘yicha yurtimizga tashrifining ikkinchi xaftasi ham boshlandi. Bu haqda O‘FA rasmiy sayti xabar bermoqda. 

Tecno

“Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tayogan mashg‘ulotlarda 2004-2005 yilda tug‘ilgan bolalarga “Qirollik klubi” mutaxassislari “Real Madrid” akademiyasi metodikasi asosida mashg‘ulotlar olib borishmoqda. Master klasslarning birinchi haftasida 2006-2007 yilda tug‘ilgan bolalar ispaniyalik mutaxassislardan saboq oldilar.

Birinchi haftada bo‘lgani singari amaliy darslarda respublikamizning barcha viloyatlaridan tashrif buyurgan yosh futbolchilar to‘pni maydonda olib yurish, to‘p bilan muomala qilish, maydonda to‘g‘ri pozitsiya tanlay olish, yugurish texnikasi, standart vaziyatlardan unumli foydalanish kabi yo‘nalishlarda dars olmoqdalar. Master klasslar davomida “tennisbol” mashg‘uloti ham o‘tkazilmoqda.

“Real Madrid” akademiyasi murabbiylarining yurtimizga tashrifi 16 iyun kuni nihoyasiga etadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!