“Real Madrid” futbolchisi noma’lum muddatga safdan chiqdi

  • 26 fevral, 22:32
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real Madrid” himoyachisi hisoblangan Xesus Valexo mashg‘ulotlarda jarohat olib, safdan chiqdi, deb xabar bermoqda klubning matbuot xizmati. 
 
Xabaringiz bor, bugun “Real Madrid” Ispaniya kubogi yarim final bosqichida “Real Sosedad”ga qarshi ilk uchrashuvini o‘tkazadi. Mazkur bellashuv Toshkent vaqti bilan 01:30 da start olishi rejalashtirilgan. 
 
Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu bellashuvdan avval Valexo mashg‘ulotlarda o‘zini noqulay his qilgan. Dastlabki tibbiy xizmatlar tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlardan so‘ng Xesusning chap oyog‘i son suyagidan jarohat olgani aniqlandi. Hozirda uning qachon safga qaytishi haqida to‘liq ma’lumotlar yo‘q. 
 
Eslatib o‘tamiz, 28 yoshli futbolchi joriy mavsum “qaymoqranglilar“ safida 1 tagina o‘yinda ishtirok etdi. Uning klub bilan shartnomasi ushbu yilning yozigacha mo‘ljallangan bo‘lib, Transfermarkt portalidagi narxi 1 million evro deb baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!