
"Real Madrid" italiyalik himoyachiga ko‘z olaytirmoqda
"Qirollik klubi" "Inter" va Italiya terma jamoasining asosiy himoyachisi bo‘lgan Bastoniga katta qiziqish bildirmoqda, deb xabar beradi "Mundo Deportivo" nashri.
O‘tgan mavsum milanliklarning Skudettoni yutishiga o‘zining katta hissasini qo‘shgan himoyachi uchun "Los-Blankos" 40 million evro atrofida shartnoma taklif qilmoqchi edi. Lekin "Inter" Bastonini 80 million evrodan kamroqqa sotish niyatida emasligini bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, "Real Madrid" 1 avgust kuni "Milan"ga qarshi uchrashuv oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida: "Biz hech kimni sotib olish niyatida emasmiz, jamoani ham hech kim tark etmaydi. Men tarkibdan to‘laqonli mamnunman, markaziy himoyaga Militao ham qaytdi va tez orada David Alaba ham safimizga qo‘shiladi" deb aytib o‘tdi "Real Madrid" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti.
Fikrlar