"Real Madrid" Mbappedan voz kechib, boshqa yulduzga e’tibor qaratadigan bo‘ldi

  • 02.09.2023 13:54
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning "Real" klubi yozda hujumchi Kilian Mbappeni o‘z safiga qo‘shib ola olmadi. 24 yoshli frantsiyalik futbolchi joriy mavsumni PSJda o‘tkazishga qaror qildi.

Shu munosabat bilan "qirollik klubi" yulduz futbolchini qo‘lga kiritish urinishlarini to‘xtatishga qaror qildi va “Manchester Siti” hujum chizig‘i etakchisi Erling Xolandga e’tibor qaratdi. "Todofichajes" nashri xabariga ko‘ra, ispan grandi norvegiyalikni 2024 yilning yozida sotib olishga urinib ko‘radi.

Erlingning transfer narxi 180 million evroni tashkil etadi va uning “shaharliklar” bilan shartnomasi 2027-yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.

Xoland o‘tgan mavsumda "Manchester Siti" bilan treblni qo‘lga kiritdi va premer-liganing eng yaxshi to‘purari bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!