
“Real” “Manchester Yunayted”ning eng zo‘r futbolchisini olmoqchi
“Real” mutasaddilari yozda jamoa tarkibini kuchaytirishi mumkin bo‘lgan futbolchilar ro‘yxatini tuzmoqda. Madridliklar “Manchester Yunayted” pleymeykeri Brunu Fernandeshni nishonga oldi.
Manbalarning ta’kidlashicha, “Qirollik klubi” bu o‘yinchini u “Sporting”da o‘ynab yurgan davrlardan beri kuzatib kelar ekan.
Manchesterliklar bu yarim himoyachini 2020 yili 63 million evroga transfer qilgan edi. 28 yoshli futbolchining hozirgi narxi 75 million evroni tashkil qilyapti.
Fernandesh Angliya premer-ligasida 13 ta uchrashuvda maydonga tushib, ikkita gol va bitta assist qayd etdi.
Fikrlar