“Real” Mbappe uchun dahshatli summa tikadi
“Real” rahbariyati milliy chempionat va xalqaro maydonda nufuzli sovrinlar uchun kurashish uchun katta transferlarni amalga oshirish kerak, deb hisoblamoqda.
Madridliklar ana shu maqsadda, yozgi transferlar davrida PSJDdan Kilian Mbappeni sotib olish rejasini ishlayapti. Ispaniyaning Abc.es sayti “Qirollik klubi” frantsiyalik to‘purarni sotib olish uchun yozda 220 million evro xarajat qilishga tayyorligi haqida xabar tarqatdi.
Mbappening o‘zi ham PSJdan ketishga qarshi emas. 24 yoshli hujumchiga “Real” varianti ma’qul. Shuningdek, Kilian zaxira varianti sifatida “Chelsi” safiga ko‘chib o‘tishga ham qarshi emas.
PSJ etakchisining amaldagi shartnomasi 2025 yilning yozigacha tuzilgan. Transfermarkt portali ekspertlari o‘yinchini 180 million evroga baholagan.

Fikrlar