
“Real” Mbappedan boshqa hujumchi olmaydi
“Real” Kilian Mbappedan quruq qolganidan keyin yozda birorta hujumchi transfer qilmaydigan bo‘ldi, deb xabar bermoqda El Partidazo nashri.
Madridliklar kelasi mavsum oldidan o‘z tarbiyalanuvchisi Borxa Mayoralni klubga qaytaradi. Ayni paytda Borxaning “Roma” bilan ijara shartnomasi yakunlanib bormoqda. Rimliklar bosh murabbiyi Joze Mourinoga bu hujumchining o‘yini ma’qul kelmagani bois, klub uni yanvarda “Xetafe”ga ijaraga jo‘natgandi.
Shuningdek, “Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Eden Azarga ishonch bildirishga qaror qilgan. Belgiyalik hujumkor futbolchi o‘tgan mavsumda jarohatlar tufayli o‘zini ko‘rsata olmadi. Klub rahbariyati unga yana bir bor imkon bermoqchi.
Fikrlar