
“Real” Mbappedan keyin PSJning yana bir yulduziga “ko‘z olaytirmoqda”!
“Real” mutasaddilari oldinni o‘ylab ish ko‘rishni odat qilgan. Hozirgi vaziyat shunday ishlashni talab qilyapti.
Yangi mavsum oldidan jamoa tarkibida kutilmagan muammo chiqdi. Karlo Anchelotti ixtiyorida ikkita sog‘lom markaziy himoyachi qoldi. Kelajakda qanot himoyasida ham muammo kuzatishili mumkin.
Shu bois, klub rahbariyati 2026 yilning yozida PSJdan Ashraf Hakimini olib kelishga qaror qildi. Tez orada klub Daniel Karvaxal bilan shartnoman uzaytiradi. Yangi mavsumda 33 yoshni qarshilaydigan qanot himoyachisi 2026 yilning yozigacha klubda qoladi.
Ashraf Hakimi ikki yildan keyin aynan Karvaxalning o‘rnini egallashi kutilmoqda. 2026 yilning yoziga borib, marokashlik himoyachining parijliklar bilan shartnomasi tugaydi va uni erkin agent sifatida tekinga qo‘lga kiritish mumkin.
25 yoshli Hakimi asli “Real”da tarbiyalangan. Biroq asosiy tarkibga kira olmagani uchun avval “Borussiya Dortmund”ga ijaraga berilib, keyin “Inter”ga sotib yuborilgan. PSJ Hakimini Italiya klubidan 68 million evroga transfer qilgandi.
Fikrlar