"Real" Mbappedan yana bir yil kutib turishni so‘ramoqda

  • 17.02.2021 20:58
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Real” Madrid hali ham PSJ hujumchisi Kilian Mbappeni qo‘lga kiritish rejasidan voz kechmayapti.

Ammo, “Qirollik klubi” 21 yoshli frantsuzni transfer narxi baland ekani va yuqori maosh olishi sabab, yozda sotib ololmaydi. Shu tufayli,  madridliklar undan yana bir yil kutib turishni so‘ragan. Bu haqda ABC nashri xabar bermoqda.

Mbappening PSJ bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan va yaqindagina u amaldagi shartnomasi yakunlangunicha Parij klubida qolishini ma’lum qilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!