“Real” Mbappeni aldolmadi!

  • 13.04.2022 11:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Real”ning uddaburon xo‘jayini Florentino Peres PSJ hujumchisi Kilian Mbappe transferini amalga oshirishda 2008 yili Krishtianu Ronalduga qo‘llagan ayyorlikni ishlatmoqchi bo‘ldi.

O‘shanda madridliklar portugaliyalik yulduzning bo‘yniga bitta kelishuv bilan “Real”ga o‘tish majburiyatini yuklab qo‘ygandi. Unga ko‘ra, 2009 yili amalga oshirilishi kerak bo‘lgan transferdan qaysi tomon voz kechsa 30 million evro jarima to‘lashi kelib olingan.

Natijada 2008 yili imzolagan mazkur shartnoma tufayli Krishtianu  Ronaldu keyingi yili yozda boshqa jamoaga o‘tib ketishining oldi olingan.

“Real” mutasaddilari huddi shunday shartnomani Kilian Mbappega ham taklif qildi. Biroq frantsiyalik yulduz ancha aqlli chiqib qoldi va bu taklifni darhol rad etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!