"Real" muhim ishga qo‘l uradi

  • 21 may, 2022, 14:48
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" klubi hujumchisi Vinisius Junior "qaymoqranglilar" bilan shartnoma uzaytirishga rozi bo‘ldi, deya xabar beradi "Globo Esporte".

Tecno

Manbaning ma’lum qilishicha, "qirollik klubi"  futbolchiga 2028 yilgacha mo‘ljallangan yangi bitim va yuqori maosh taklif qilyapti. Braziliyalikning "Real" bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning 30 iyunida yakuniga etadi.

Joriy mavsumida Vinisius 46 ta o‘yin o‘tkazib, 20 ta gol va 20 golga assistentlik qildi. Avvalroq, Madrid jamoasi Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritgandi, shuningdek, Anchelotti shogirdlari 28 may kuni "Liverpul"ga qarshi Chempionlar Ligasi finalida maydonga tushadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Sattorov Xayriddin
21/05/2022 18:27
Yaxwi bupti vini zurda baribir